Oʻzbekistonliklar qanday kasallikdan koʻproq vafot etmoqda?

Oʻtgan yilda vafot etganlar soni 172,8 ming kishini tashkil etdi.

Jamiyat
29-yanvar, 21:27
Oʻzbekistonliklar qanday kasallikdan koʻproq vafot etmoqda?

Oʻzbekistonda vafot etayotgan fuqarolarning katta qismi qon aylanish tizimi kasalliklaridan vafot etmoqda. Jami marhumlarning 61,1 foizi shu sababdan vafot etgan, deyiladi Statistika agentligi maʼlumotida. 

Maʼlumotlar 2023 yil yanvar-dekabr oylarini qamrab olgan. 

Oʻsimtalardan 10,8 foiz, nafas olish aʼzolari xastaliklaridan 5,5 foiz, baxtsiz hodisa va zaharlanishlardan 4,8 foiz aholi olamdan oʻtmoqda. 

Boshqa kasallikning hissasi 12,4 foizni tashkil etadi. 

Eslatib oʻtamiz, 2023 yilda vafot etganlar soni 172,8 ming kishini tashkil etdi. Hududlar boʻyicha vafot etish koeffitsiyenti eng yuqori Toshkent shahrida 5,2 promille, Qoraqalpogʻiston  Respublikasi, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida 5,1 promilleni tashkil etgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+