Kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

Platina.uz sayti har bir rahbar va ularning oʻrinbosarlari, maslahatchilari haqida maʼlumotlar berib, tanishtirib boradi.

Siyosat
29-yanvar, 21:53
Kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

Platina.uz sayti har bir rahbar va ularning oʻrinbosarlari, maslahatchilari haqida maʼlumotlar berib, tanishtirib boradi. Birinchi sonimiz Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi haqida.

Vazir Behzod Anvarovich Musayev 1973 yil Toshkentda tugʻilgan. 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2004 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini biznes menejmenti mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyati

  • 1995-1998 – Milliy bank xodimi;
  • 1998-2006 – Moliya vazirligida ishlagan va boʻlim boshligʻigacha koʻtarilgan, davlatning qimmatli qogʻozlar bozorini, soʻngra ilmiy va ijtimoiy muassasalarni moliyalashtirishni nazorat qilgan;
  • 2006-2010 – Hisob palatasi;
  • 2010-2011 – Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari;
  • 2011-2018 – Oʻzbekistonda boʻlmagan;
  • 2018-2020 – Davlat soliq qoʻmitasi raisi;
  • 2020-2021 – Bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
  • 2021-2022 – Sogʻliqni saqlash vaziri;
  • 2022 yil 30 dekabrdan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri.

Oradagi 7-8 yil davomida u chet davlatda yashagan. Bu haqda turli mish-mishlar yuradi. Ayrim nashrlarga koʻra, Musayev AQShga tajriba almashish dasturi boʻyicha borgan va oʻsha yerda qolib ketgan. Oʻsha paytda u koʻp tazyiqqa, tuhmatlarga uchragani aytiladi. Oʻzbekistonda koʻp qiynalgan, ammo oʻz yoʻnalishida salohiyatli kadr boʻlgan.

Qiziq holat: 2018 yilda u IIV tomonidan qidiruvga berilgan shaxslar qatorida turgandi. IIV saytidagi bu maʼlumot keyinchalik oʻchirilgan. Musayev Jinoyat kodeksining (167-moddasi 3-qismi «A» bandi, 175-moddasi 2-qismi «A» bandi, 178-moddasi 3-qismi, 179-moddasi, 184-moddasi 3-qismi, 205-moddasi 2-qismi «A» bandi bilan ayblanib, qidiruvga berilgan.

U ayblangan moddalarda oʻzganing mulkini oʻzlashtirish, rastrata qilish, valyutani qasddan yashirish, soxta tadbirkorlik, daromad va soliqlardan boʻyin tovlash kabi ayblovlar joy olgan.

Vaziring birinchi oʻrinbosari – vakant.

Vazir oʻribosari Turdiboyeva Raʼno Eshovna

1970 yil 8 sentabrda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan. Malumoti oliy, Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan (1994). Yuridik fanlari nomzodi.

Vazir oʻrinbosari – vakant.

Vazirning axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – axborot xizmati rahbari Faxriddin Hayitov – 1980 yilda tugʻilgan. Milliy universitetning jurnalistika fakultetini tugatgan.

“Ilinj” (2004), “Har yurakda bir Vatan” (2009) nomli sheʼriy toʻplamlari chop etilgan.

2023 yil mart oyidan beri vazir matbuot kotibi.

Bunga qadar Faxriddin Hayitov Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va Davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti masʼul xodimi vazifasida faoliyat olib borgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+