Kadastrsiz ham ipoteka berilishi mumkin

Shuningdek, Ipotekani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tuziladi. 

Iqtisod
29-yanvar, 13:00
Kadastrsiz ham ipoteka berilishi mumkin

Oʻzbekistonda kadastr hujjatisiz ham ipoteka berilishi mumkin. Bu haqda prezident yigʻilishida aytib oʻtilgan. 

Hozirgi amaliyotga muvofiq, kadastr hujjati yoʻq uyga ipoteka krediti berish mumkin emas. Shulardan kelib chiqib, mutasaddilarga ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda Ipotekani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil qilish topshirildi.

Yigʻilishda yangi uy-joylarning tannarxiga toʻxtalib oʻtildi. Quruvchilar uchun moliyaviy resurs yetishmasligi, bori ham qimmatligi koʻrsatib oʻtildi.

Resurs yoʻqligi uchun quruvchilar aholi mablagʻlarini poydevor quyish bosqichida  jalb qilib, ulushdor sifatida rasmiylashtirayotgani, ayrim nopok quruvchilar hisobiga odamlar himoyasiz qolayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Uy-joy qurilishiga aholi ulushdor boʻlib kirishini huquqiy tartibga solish va qurilish korxonalariga aylanma mablagʻni koʻpaytirish vazifasi qoʻyildi.

Joriy yilda 80 ming xonadonli 1 ming 800 ta uy-joy qurish va “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini 38 tadan 45 taga yetkazish maqsad qilib olindi.

Biroz avval davlat rahbari qurilishlardagi korrupsiya va oʻgʻirlikni tanqid qilgandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+