Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot qanchaga oʻsgani ochiqlandi
Kishi boshiga YaIM miqdori qariyb 2,6 ming dollardan toʻgʻri kelmoqda.
Iqtisod
27-yanvar, 11:24
Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsulot hajmi qariyb 91 mlrd. AQSh dollariga yetdi.
Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilda Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 1 066,6 trln soʻmni tashkil etdi.
Bu oʻrtacha almashuv kursi boʻyicha 90,9 mlrd AQSh dollariga teng. Kishiga boshida YaIM miqdori qariyb 2,6 ming dollardan toʻgʻri kelmoqda.
Yalpi ichki mahsulot hajmi 2022 yil bilan solishtirilganda 6 foizga oʻsgan. Bu miqdor 2022 yilda 5,7 foizni tashkil etgandi. 2022 yilda Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot 888,3 trln soʻmni tashkil etgan.