Oʻzbekiston suv isteʼmoli boʻyicha dunyoda yuqori oʻrinni egalladi
Respublika yiliga 54,5 milliard kub metr suv isteʼmol qiladi.
Oʻzbekistonda aholi jon boshiga kuniga oʻrtacha 4,7 ming litr suv sarflanadi, butun respublika boʻyicha esa yiliga 54,5 milliard kub metr suv isteʼmol qilinadi.
Mamlakat kishi boshiga suv isteʼmol boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
Worldometer xizmati maʼlumotlariga koʻra, Turkmaniston bir kishi boshiga kunlik suv isteʼmoli boʻyicha 15,9 ming litr bilan reytingda yetakchilik qilmoqda. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham yetakchilar qatorida: Tojikistonda kuniga 4,5 ming litr, Qirgʻizistonda 4,2 ming litr, Qozogʻistonda 3,5 ming litr suv isteʼmol qilinadi.
Chili va Gayana Turkmanistondan keyin 2-3-oʻrinlarni egallagan.
Hindiston yiliga eng koʻp suv isteʼmol qiladi – 761 milliard kub metr.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston eng arzon vodoprovod suvi boʻlgan davlatlar roʻyxatida beshinchi oʻrinni egallagandi.
Taʼkidlash kerakki, prezident Shavkat Mirziyoyev yigʻilishlardan birida suv xoʻjaligini favqulodda ishlash tizimiga oʻtkazishni topshirgandi.