Namangan hokimi "Navbahor" uchun 2,5 mlrd. soʻm ajratdi
Shavkat Abdurazzoqov pul ajratish boʻyicha ikkita farmoyish imzoladi.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning ikki farmoyishi bilan "Navbahor" futbol klubiga jami 2,5 mlrd. soʻm ajratildi.
Ikki farmoyish joriy yilning 19 va 25 yanvar kunlari eʼlon qilingan.
Mazkur mablagʻ "klub moliyaviy holatini tiklash, mavsumoldi yigʻinlarini yuqori darajada tashkil etish uchun" ajratiladi. Pul viloyat byudjeti zaxira mablagʻlaridan ajratilishi belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, "Navbahor" Oʻzbekiston superligasining oʻtgan yilgi mavsumida 47 ochko toʻplab, 3-oʻrinni qoʻlga kiritgandi.