Xitoy armiyasi ehtimoliy urushga tayyorlanayotganini eʼlon qildi

Mamlakat Tayvan atrofida muntazam patrullarni tashkil etmoqchi. 

Jahon
25-yanvar, 17:15
Xitoy armiyasi ehtimoliy urushga tayyorlanayotganini eʼlon qildi

Xitoy Xalq Ozodlik armiyasi mintaqada ehtimoliy urushga tayyorgarlik koʻrishda davom etmoqda. Bu haqda Xitoy Mudofaa vazirligining rasmiy vakili U Syan maʼlum qildi. Uning bayonoti vazirlik saytida eʼlon qilindi.

Rasmiyning soʻzlariga koʻra, Pekin Tayvan hududi atrofida muntazam ravishda patrul operatsiyalarini tashkil etish niyatida. U Xitoy hukumati davlat suverenitetini himoya qilish va mamlakat hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashni asosiy vazifalar deb bilishini taʼkidladi.

"Soʻnggi paytlarda armiyamizning Sharqiy qoʻmondonligi Tayvan oroli atrofida dengiz va havo boʻshligʻida dengiz va havo kuchlari bilan muntazam ravishda qoʻshma jangovar tayyorgarlik patrullarini tashkil qildi", dedi U Syan.

Mulozimning qoʻshimcha qilishicha, tegishli operatsiyalarning maqsadlaridan biri askarlarning jangovar tayyorgarligi darajasini yanada oshirishdan iborat. Shu bilan birga, Xitoy Mudofaa vazirligi vakili harbiy xizmatchilarni uzluksiz tayyorlash va qurolli mojaroga faol tayyorgarlik koʻrishni eʼlon qildi.

17 yanvar kuni Xitoy Davlat kengashining Tayvan ishlari boʻyicha boshqarmasi matbuot kotibi Chen Binxua AQShni oroldagi ayirmachilarni qoʻllab-quvvatlashdan voz kechishga chaqirdi. Uning taʼkidlashicha, Amerika rasmiylari Pekin bilan bu boradagi oʻzaro kelishuvlarni hurmat qilishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, joriy oyda Tayvanda boʻlib oʻtgan saylovlarda AQSh bilan yaqinlashish tarafdori gʻalaba qozondi. Oʻzbekiston ham mazkur saylovga munosabat bildirdi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+