Oʻtgan yilning eng serdaromad futbol jamoasi maʼlum boʻldi
“Manchester Siti” avvalgi oʻrnini boy berdi.

Deloitte xalqaro konsalting kompaniyasi 2022/23-yilgi mavsum yakunlari boʻyicha Yevropaning eng daromadli klublari reytingini tuzib chiqdi.
Bir yilda 831 million yevro ishlab topgan “Real Madrid” birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrinda Angliya Premer-ligasi (APL) va Chempionlar Ligasi gʻolibi “Manchester Siti” (826 million) qayd etildi. “Citi” oʻtgan mavsumda bu reytingda birinchi oʻrinni egallagandi. 3-oʻrinni PSJ egalladi (802 million).
Yevropaning top-20 klubining daromadi 14 foizga oshib, reklamadan tushgan daromadni hisobga olgan holda 10,5 milliard yevroga yetdi. Tijorat daromadlari 2015/16 yildan beri birinchi marta translyatsiya daromadlaridan oshib, eng katta daromad manbaiga aylandi.
Eng daromadli klublar oʻntaligiga, shuningdek, “Barselona” (800,1 million yevro), “Manchester Yunayted” (745,8 mln. yevro), “Bavariya” (744), “Liverpul” (682,9), Londonning “Tottenxem” (631,5), “Chelsi” (589,4) va “Arsenal” (532,6) klublari kiritilgan.