Rossiyada ichida 65 nafar ukrainalik boʻlgan samolyot quladi
Mudofaa vazirligi mazkur hodisani tasdiqladi.

Rossiyaning Belgorod viloyatida Il-76 harbiy-transport samolyoti halokatga uchradi. Rossiya mudofaa vazirligi mazkur xabarni tasdiqlagan.
Maʼlumotlarga koʻra, samolyot ichida 65 nafar ukrainalik harbiy asirlar boʻlgan. Ular oʻzaro almashish uchun Belgorodga olib kelinayotgan boʻlgan.
Shuningdek, olti kishilik ekipaj va 3 nafar kuzatib boruvchi ham bor edi, deyiladi maʼlumotda.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, samolyot halokati sabab hech kim tirik qolmagan.