"Poytaxtbank"ka yangi rais tayinlandi
U bugungi kunga qadar AT “Aloqabank” boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Hasan Rahmatov Poytaxtbank AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Iqtisod fanlari doktori H.Rahmatov 2016 yil 1 apreldan bugungi kunga qadar AT “Aloqabank” boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Shuningdek, Hasan Rahmatov 2011-2013 yillarda OAJ “Aloqabank” Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi Nosavdo amaliyotlar boʻlimi boshligʻi, 2013 yilda OAJ “Aloqabank” Valyuta ayirboshlash operatsiyalari maxsus boshqarmasi boshligʻi, Makraziy bank Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti, Tijorat banklarda omonatchilar va kreditorlarning mablagʻlarini monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, 2015 yilda Makraziy bank pul muomalasi departamenti, Pul muomalasini tashkil etish va tartibga solish boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.