Toshkent markazidagi tarixiy binolar buziladimi?

OAVda "Sharq" nashriyoti buzilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. 

Jamiyat
23-yanvar, 18:50
Toshkent markazidagi tarixiy binolar buziladimi?

Shu kunlarda OAVda "Sharq" nashriyot-matbaa ijodiy uyining bino va inshootlari madaniy meros obʼektlari roʻyxatidan chiqarilgani haqida xabarlar hamda bu binolarning buzilishi yoki avvalgi qiyofasini yoʻqotishi haqida xabarlar tarqaldi.  

Mazkur holat yuzasidan Madaniy meros agentligi izoh berdi. Unda maʼlum etilishicha, mazkur binolar majmuasi 1914–1983 yillarda qurilgan 14 ta bino va inshootdan iborat.

2023 yil 14 oktabrida Ishchi guruh mazkur obʼektlarda tarixiy va madaniy ekspertiza oʻtkazgan. Ekspertiza natijalariga koʻra, ishchi guruh tomonidan bino va inshootlarning aksariyati toʻliq rekonstruksiyani taqozo etuvchi avariya holati, ayanchli ahvolda ekani toʻgʻrisida tegishli xulosalar qilingan. Shuningdek, tarixiy va madaniy ahamiyatga molik binolar aniqlangan.

Shu bilan birga, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga mulk majmuasining realizatsiya qilinishida OʻzA binosi (liter 0002) maʼmuriy binosining tarixiy meʼmoriy qiyofasini saqlab qolish zarurligi, kelgusida esa qurilish, taʼmirlash va rekonstruksiya ishlarini Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Shuningdek, Madaniy meros agentligi Toshkent shahridagi modernizm inshootlari, shu jumladan, OʻzA binosini YuNESKO Butunjahon merosining dastlabki roʻyxatiga kiritish uchun arizani tayyorlagan. 

23 yanvar kuni uyushtirilgan press-turda OAV vakillari mazkur binolar bilan sirtdan tanishtirildi. Afsuski, majmua ichidagi binolar holati bilan tanishish imkoni boʻlmadi. Madaniy meros agentligi rahbariyati 3,2 gektar maydonda joylashgan ushbu majmuadagi 2 ta binoning buzilmasligiga kafolat berishini maʼlum qildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+