Sport vazirligi yana qayta tuzildi
Yoshlar ishlari agentligi Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazildi.
Jamiyat
20-yanvar 2024 yil

Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etiladi. Bu haqda prezident farmoni imzolandi.
Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazildi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi 2022 yil dekabrdagi maʼmuriy islohotlar paytida tashkil etilgan edi.
Hukumat boʻysunuviga oʻtkazilgan Yoshlar ishlari agentligi tashkiliy tuzilmasi
Qayta tashkil etilgan Sport vazirligining tashkiliy tuzilmasi