Oʻzbekiston Afrikadagi davlat bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi
Ushbu davlat Sharqiy Afrikada joylashgan, aholisi 46 millionni tashkil etadi.

18 yanvar kuni Kampala shahrida (Uganda) Oʻzbekiston va Uganda oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida Qoʻshma kommyunike imzolandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev va Uganda Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeje Odongo imzoladi.
Uganda Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqa oʻrnatgan 145-davlat boʻldi. Ushbu davlat sharqiy Afrikada joylashgan boʻlib, aholisi 46 million kishini tashkil qiladi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili yozda Oʻzbekiston Trinidad va Tobago respublikasi bilan diplomatik aloqa oʻrnatgandi.