Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi
Pekinda oliy darajadagi muzokaralar oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 23-25 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Tashrif dasturiga muvofiq Pekin shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar boʻlib oʻtadi.
Kun tartibidan Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va keng koʻlamli amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston rahbari Xitoy hududlaridan biriga tashrif buyurib, ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazadi, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Mirziyoyev soʻnggi marta 2023yil oktabr oyida "Bir makon, bir yoʻl" forumi doirasida Xitoyda boʻlib qaytgandi.