Uzum ombori yonida yongʻin chiqdi
Toshkentning Bektemir tumanidagi konteynerda yongʻin sodir boʻldi.
Jamiyat
17-yanvar 2024 yil
Bugun, 17 yanvar kuni soat 17:16 da Bektemir tumani, Porloq koʻchasida (Uzum market ombori yonida) joylashgan konteyner ichidagi qurilish mollari yonib ketgan.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Yongʻinga 4 ta yongʻin qutqaruv ekipajlari soat 17:27 da yetib borib, yarim soat ichida oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻq, yongʻinning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq Samarqanddagi Zarafshon milliy bogʻida yongʻin sodir boʻlgandi.