platina.uz

Sunʼiy intellekt haqida bilishimiz kerak boʻlgan oʻnta haqiqat

Imkon boricha shaxsiy maʼlumotlarni sunʼiy intellektga ishonmagan maʼqul. 

Jamiyat
17-yanvar 2024 yil
Sunʼiy intellekt haqida bilishimiz kerak boʻlgan oʻnta haqiqat

Bugun kunimizda sunʼiy intellekt bilan kunlik hayotimiz ancha qulaylashdi. Biz hayotimizni qulaylashtirgan sunʼiy intellekt haqida quyidagi 10 ta haqiqatni bilib olishimiz mumkin.

Sunʼiy intellekt biz oʻylaganimizchalik aqlli emas

Bilishimiz kerak boʻlgan narsalardan biri shuki, sunʼiy intellektning bugunga qadar eng yaxshi namunasi bu ChatGPT kabi yangi suhbatdoshlar ham “aqlli” emas.

Tushunarli qilib aytganda, ChatGPT insoniyat tomonidan savollarga javob berishga programmalashtirilgan kompyuter dasturi, xolos.

Bu dastur ham baʼzida bizni “haqiqiy aql” bilan suhbatlashganimizga ishontiradi, aslida unday emas.

Real hayotda oʻzi-oʻzini boshqara olmaydi

Sunʼiy intellekt inson miyasi tomonidan qilinadigan ishlarni qila olishga dasturlanyapti. Ammo, halicha buning imkoni topilganicha yoʻq.

Masalan, mashina boshqarish kabi baʼzi ishlar ushbu aqlli dastur uchun juda qiyin ish. Oʻz-oʻzini boshqara oladigan mashinalar yaratishga tinimsiz harakatlar olib borilyapti, lekin hali bu yaratilganicha yoʻq.

Google translate ham hatto oʻzini qayta ishlab, rivojlanishga majbur

Sunʼiy intellekt tarjimon chindan ham dunyoning istalgan tilini tez fursatda tarjima qila olishi bilan ajralib turadi. Bundan foydalanib dunyoning istalgan tomoniga sayohat qilishingiz mumkin. Ushbu elektron tarjimonlarning kelajakda yanada rivojlanishi kutilmoqda.

Plastik kartalaringizni ChatGPTga ishonmang!

ChatGPT kabi aqlli dasturlarning yana bir yomon tomoni sizga haqiqatni aytmasligidir.

Undan nimadir soʻrasangiz u sizga oʻzida mavjud eng maqbul javobni beradi, lekin ularda haqiqat tushunchasi mavjud emas. Agar u savolning javobini bilmasa oddiygina yolgʻon toʻqib qoʻya qoladi.

Internet tarmoqlaridan oʻqigan hamma narsalaringizga ham ishonmang.

Sunʼiy intellekt siz foydalanayotgan internet tarmogʻiga kirib koʻrayotgan narsalaringizni boshqara oladi. U sizga eng yoqadigan narsalarni chiqarib bersa, baʼzan hatto siz yoqtirmagan biror mashhur shaxs haqida yolgʻon maʼlumotlarni taqdim qilishi mumkin. Bu xuddi bugun keng qoʻllanilayotgan ota-ona nazoratiga oʻxshaydi.

Meditsina sohasida katta yangiliklarga sabab boʻladi.

Doktorlar kelajakda sunʼiy intellektdan rentgen kabi foydalanib tashxis qoʻyish imkoniga ega boʻlishadi. Ammo, u doim ham toʻgʻri tashxis qoʻya oladi deb hech kim kafolat bera olmaydi. Yaxshi tomoni esa bu juda koʻp hali davosi topilmagan kasalliklardan xalos boʻlishga yoʻl ochishidir.

Sunʼiy intellekt baʼzi toifaga nisbatan boshqacha kayfiyatda

Amerika universitetida olimlar tadqiqot oʻtkazish maqsadida sunʼiy intellektga barcha mavzu va maʼlumotlarni erkak kishi ovozi bilan kiritishdi. Shu maʼlumotlar boʻyicha qiz bola ovozi bilan savol berilganda yaxshi natijaga erishib boʻlmadi.

Yana bir yomon tomoni dunyo boʻyicha keng qoʻllanilmaydigan tillarda deyarli samarali emasligidir.

Gʻayri maqsadlarda ishlatilish xavfi bor!

Aksariyat inson programmistlar terroristik va shu kabi inson hayotiga xavf soladigan ishlar uchun harakatlanish dasturini tuzishni rad etishadi.

Ammo, nima vazifa berganingizda uni bajaruvchi yordamchingiz boʻlsachi? Bunday qurolli hujumlarni uyushtirish va tashkil etish juda oson boʻlib qoladi. Aynan bu ham mutaxassislar oʻylab koʻrishi lozim boʻlgan dolzarb mavzudir. Hattoki, Britaniyada sunʼiy intellektning insonlarga tahdid qilgani roʻyxatga olindi.

Sunʼiy intellekt bir dastur

U qoʻrqilishi va cheklab qoʻyilishi lozim boʻlgan xavf emas. Shunchaki uni inson boshqaruvidan chiqarib yubormaslik kerak. Lekin, nima boʻlgan va zamon qanday rivojlangan taqdirda ham unga “ongi” bor mavjudot degan qarashda boʻlmang. Hozir uning qanday imkoniyatlari boʻlsa, bularning bari inson tomonidan dasturlangan.

Tasavvur sanʼatini oshirishira oladi

Aslini olganda sunʼiy intellektning asosiy vazifalaridan bir inson tasavvur eta olmaydigan narsalarni buyruqlar asosida tasvirlab berishdan iboratdir. Ushbu aqlli dastur biz hatto tasavvur eta olmagan yangi sanʼat turlarini yuzaga keltirishi, inson qobiliyatini yanada rivojlantira olishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+