Oʻzbekiston terma jamoasiga intizomiy ish ochildi
Bunga Suriya bilan oʻyindagi holat sabab boʻldi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi Oʻzbekiston futbol assosiatsiyasiga nisbatan intizomiy ish ochdi. Bu haqda sport jurnalisti Alisher Nikimbayev xabar bermoqda.
Jurnalistning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi muxlislari Osiyo Kubogida Suriyaga qarshi oʻyinda musobaqaga hech qanday aloqasi boʻlmagan kompaniyalarning futbolkalarini kiyib oʻtirgani uchun intizomiy ish ochilgan.
"Ajablanarli joyi yoʻq. Bizda boshqalarning intellektual huquqlariga beparvo munosabat kuchli", deb yozadi jurnalist.
Bu voqea tufayli Oʻzbekiston futbol associatsiyasi jarimaga tortilishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi Suriyani magʻlub eta olmadi va oʻyin 0:0 hisobida yakuniga yetdi.