Oʻzbekiston musobaqani golsiz boshladi
Qatardagi Osiyo chempionati birinchi turida milliy terma jamoa Suriyaga qarshi maydonga tushdi.

Qatarda boshlangan Osiyo chempionati birinchi turida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Suriya darvozasini ishgʻol qila olmadi.
Oʻyin oʻzbekistonliklar bosimi ostida oʻtdi, ammo gol ura olishmadi. Uchrashuv nursiz durang bilan yakunlandi.
Guruhning narigi bahsida Avstraliya termasi Hindiston jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etib, guruh peshqadami boʻlib turibdi.
Osiyo kubogi, guruh bosqichi, 1-tur
Oʻzbekiston - Suriya 0:0
Avstraliya - Hindiston 2:0
Gollar: Irvin 50, Bos 73