Toshkentda kafe yonib ketdi, jabrlanganlar bor
Yongʻin sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Jamiyat
13-yanvar 2024 yil

13 yanvar kuni soat 09:39 da Toshkent shahar Mirobod tumani, Sarakul koʻchasida joylashgan kafelarning birida yongʻin sodir boʻldi, oqibatda bir necha kishi jabrlangan.
FVV xabariga koʻra, 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yongʻin qariyb ellik daqiqa ichida oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida kafe binosining taxminan 150-200 kv.m maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻindan 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Yongʻin sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Oldinroq Yangi yil bayrami kunida Toshkent tumanida hovli yonib ketgandi.