platina.uz
Jamiyat

Rossiyada halok boʻlgan sakkiz oʻzbekistonlik jasadi olib kelindi

FVV holat yuzasidan maʼlumot berdi. 

Rossiyada halok boʻlgan sakkiz oʻzbekistonlik jasadi olib kelindi

Rossiyaning Penza viloyatida halok boʻlgan sakkiz nafar oʻzbekistonlikning jasadi olib kelindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Prezident Mirziyoyevning topshirigʻiga asosan Hukumat farmoyishi bilan Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruh kecha, 12 yanvar kuni Penza viloyatiga yetib borib, Rossiya Federatsiyasining masʼul idoralari rahbarlari bilan uchrashgan. Shundan soʻng maxsus bort Rossiya Federatsiyasidan uchib, 13 yanvar kuni soat 06:50 larda Xorazm viloyatidagi “Urganch” xalqaro aeroportga kelib qoʻndi.

Jarohatlangan fuqarolarning 1 nafari 12 yanvar kuni tonggi vaqtda Penza shahridagi shifoxonada shifokorlarning muolajalariga qaramasdan vafot etgan.

Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sogʻliqni saqlash va Transport vazirliklari hamkorligida 8 nafar vafot etgan fuqarolarning jasadlari yashash manzillariga yuborildi. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan dafn marosimlarini oʻtkazish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Jarohatlangan yana 1 nafar fuqaro Penza shahridagi kasalxonada, davolanish ishlari yakuniga yetgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasiga qaytariladi. Hozirgi vaqtda kasalxonaga joylashtirilgan fuqaro shifokorlarning qatʼiy nazoratiga olinib, tegishli muolajalar oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 11 yanvarga oʻtar kechasi Rossiyaning Penza oblasti Nijnelomovskiy rayonida Volvo yuk mashinasi hamda miniven oʻrtasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan va dastlab yetti nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid