platina.uz
Jamiyat

Fargʻonadagi tumanga yangi prokuror tayinlandi

U shu vaqtga qadar viloyat prokurori yordamchisi boʻlgan. 

Fargʻonadagi tumanga yangi prokuror tayinlandi

Oʻzbekiston Bosh prokurorining buyrugʻi bilan adliya maslahatchisi Akbarov Jahongir Bahromovich Yozyovon tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Akbarov 1989 yilda Beshariq tumanida tugʻilgan, Namangan davlat universitetini tamomlagan. 2010 yildan beri prokuratura tizimida turli masʼul lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar Fargʻona viloyati prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻyicha katta yordamchisi vazifasida ishlab kelayotgandi.

Avvalroq Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Yaxyojon Abduxalkov ishdan olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid