platina.uz
Sport

Xalqaro xokkey federatsiyasi Isroilni musobaqalardan chetlatdi

2022 yil boshida Rossiya ham chetlatilgandi. 

Xalqaro xokkey federatsiyasi Isroilni musobaqalardan chetlatdi

Xalqaro xokkey federatsiyasi kengashi (IIHF) Isroil jamoalarini xavfsizlik sabab tashkilot shafeligidagi musobaqalardan vaqtinchalik toʻxtatdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

“Kengash barcha ishtirokchilarning (jumladan, isroillik sportchilarning) xavfsizligi va farovonligi kafolatlanmaguncha, Isroil terma jamoasining IIHF turnirlarida ishtirok etishini cheklashga qaror qildi”, — deyiladi bayonotda.

Isroil terma jamoasi aprel oyida Belgradda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatining II divizioni "A" guruhida ishtirok etishi kerak edi. Mart oyida Isroil jamoalari ishtirokida ikkita turnir – III divizionning “B” guruhida ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati, II divizionning “B” guruhida 18 yoshgacha boʻlgan xokkeychilar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2022 yilning bahorida Xalqaro xokkey federatsiyasi rossiyaliklarni hatto neytral maqomda ham xalqaro turnirlarda ishtirok etishdan chetlashtirishga qaror qildi va tashkilot Rossiyadan 2023 yilda yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatini oʻtkazish huquqini ham olib qoʻydi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid