
Yosh jurnalist, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi matbuot kotibi sifatida ishlagan Ayjamal Joldasbayeva 27 yoshida vafot etdi.
Ayjamal Joldasbayeva 1997 yil 23 yanvarda Qoraqalpogʻistonning Taxtakoʻpir tumanida tugʻilgan. Jurnalistika yoʻnalishida OʻdJTUning bakalavr hamda OʻzJOKUning magistratura bosqichlarini tamomlagan. Falsafa doktori (PhD) darajasi uchun ilmiy izlanish olib borayotgan boʻlgan.
Joldasbayeva 2014 yilda adabiyot yoʻnalishi boʻyicha "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
OAV xabariga koʻra, marhuma homilador boʻlgan va bola oʻlik tugʻilganidan keyin Nukus shahridagi shifoxonalardan birida vafot etgan.
Platina.uz marhumaning yaqinlariga taziya bildiradi.