Innovatsion rivojlanish agentligi rahbari ishdan ketdi
U oʻtgan yili yanvar oyida ushbu lavozimga tayinlangandi.

Prezident qarori bilan Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Toʻychiyev Olimjon Alijonovich lavozimidan ozod etildi.
U Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra Turin politexnika universiteti rektori etib tayinlangan. Tayinlov 9 yanvar sanasida amalga oshirilgan.
Olimjon Toʻychiyev Innovatsion rivojlanish agentligi direktorligiga 2023 yil 31 yanvarda tayinlangandi. U avval Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan.