platina.uz

Tovuq goʻshti narxi oshishi mumkin

1 oktabrdan yangi soʻyilgan yoki muzlatilgan parranda goʻshtini Oʻzbekistonga olib kirishda belgilangan bojxona imtiyozi bekor qilinadi. 

Iqtisod
30-sentabr 2024 yil
Tovuq goʻshti narxi oshishi mumkin

Oʻzbekistonda tovuq goʻshti qimmatlashishi mumkin.

2024 yil 1 oktabrdan yangi soʻyilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlari (butun goʻsht, qanot, bel, boʻyin, okorochok, golen, son, qiyma va teri) Oʻzbekiston hududiga olib kirishda belgilangan bojxona boji boʻyicha berilgan imtiyoz bekor qilinadi. Bu parranda goʻshti narxiga taʼsir etishi mumkin.

Mazkur oʻzgarish joriy yilning 27 iyun kuni prezident tomonidan qabul qilingan "Parrandachilik sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida belgilangan.

Shuningdek, 2030 yil 1 yanvargacha parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subʼektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini (ekin maydonlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+