Toshkent agrar universitetida yongʻin sodir boʻldi
Ayni paytda yongʻinni oʻchirish ishlari davom etmoqda. FVV qoʻshimcha maʼlumot taqdim etilishi aytdi.
Toshkent agrar universitetida yongʻin sodir boʻldi.
FVV maʼlumotiga koʻra, 30 sentabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar Universiteti hududidagi binoda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin bartaraf etilmoqda. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi.
Hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi, deyiladi xabarda.
Ayrim manbalarga koʻra, universitet yotoqxonasi ham yonmoqda.