platina.uz

Poytaxt bank ham ipoteka kreditlari ajratishni boshlaydi

Poytaxt bank Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.

Iqtisod
30-sentabr, 15:33
Poytaxt bank ham ipoteka kreditlari ajratishni boshlaydi

30 sentabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Poytaxt bank oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga koʻra, endilikda Poytaxt bank tomonidan ham Oʻzbekiston fuqarolariga ipoteka kreditlari ajratish yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, tomonlar aholining turmush darajasini izchil oshirish, ipoteka krediti mexanizmlaridan foydalanish amaliyotini yanada takomillashtirish va kengaytirish hamda ipoteka bozorini resurslar bilan taʼminlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan davlat byudjetidan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida kelishib oldilar.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+