Komil Allamjonov lavozimidan ozod etildi
U 2022 yildan buyon Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari boʻlib kelayotgandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Komil Ismoilovich Allamjonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.
"Komil Allamjonov yurtimizda soʻz erkinligini rivojlantirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash va xalq taʼlimi tizimini takomillashtirish boʻyicha Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev belgilab bergan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda katta natijalarga erishdi" deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Allamjonov mazkur lavozimga 2022 yil iyul oyida tayinlangandi.
Hozircha uning yangi ish joyi maʼlum qilinmagan.