Hisob palatasi raisiga oʻrinbosarlar tayinlandi
Otabek Allaberganov soliq organlarida, jumladan, Davlat soliq qoʻmitasida qator lavozimlarda ishlagan.

Hisob palatasi raisiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi.
Jumladan, Allaberganov Otabek Valijonovich — Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari ʼetib tayinlandi.
Allaberganov 1977 yilda tugʻilgan. 1999 yilda Urganch davlat universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. Ilgari soliq organlarida, jumladan, Davlat soliq qoʻmitasida qator lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, u Bosh prokuraturaning soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish hamda iqtisodiyot sohasidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sektorida ishlagan.
Mirzayev Sardor Alisherovich Hisob palatasi raisi oʻrinbosari boʻldi. U 2005 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Sardor Mirzayev Moliya institutlari va davlat organlarida ishlagan, 2016 yildan buyon Hisob palatasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.