Qashqadaryodagi YTHda toʻrt kishi halok boʻldi
Vafot etganlarning uch nafari 1998 yilda tugʻilgan sinfdoshlardir.

Qashqadaryoning Koʻkdala tumanidagi YTHda toʻrt kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB maʼlumot berdi.
Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida Lacetti boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida Nexia bilan toʻqnashgan.
IIB eʼlon qilgan videoda aytilishicha, YTH Koʻkdala — Kattaqishloq avtomobil yoʻli 10-kilometrida sodir boʻlgan. Lacetti avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan.
Holat oqibatida jami 8 kishi jarohatlangan, 4 kishi vafot etgan.
Maʼlumotlarga koʻra, vafot etganlarning uch nafari 1998 yilda tugʻilgan sinfdoshlardir.