platina.uz
Jahon

Isroil "Hizbulloh" yetakchilari oʻldirilganini eʼlon qildi

Guruhning raketa boʻlinmasi qoʻmondoni Muhammad Ali Ismoil halok boʻlgan. "Hizbulloh" rahbari Hasan Nasrullohning esa taqdiri nomaʼlum. 

Isroil "Hizbulloh" yetakchilari oʻldirilganini eʼlon qildi

Isroil qurolli kuchlari Livanda "Hizbulloh" raketa boʻlinmasi qoʻmondoni Muhammad Ali Ismoil va guruhning yana bir qancha yetakchilari yoʻq qilinganini eʼlon qildi. Ayrim xabarlarga koʻra, "Hizbulloh" yetakchisi Hasan Nasrulloh oʻldirilgan boʻlishi mumkin.

28 sentabr kechasi Isroil mudofaa kuchlari Livan janubida "Hizbulloh" raketa boʻlinmasi qoʻmondoni Muhammad Ali Ismoil va uning oʻrinbosari Husayn Ahmad Ismoil yoʻq qilinganini maʼlum qildi. Aytilishicha, ular bilan birga guruhning yana bir qancha komandirlari yoʻq qilingan.

“Muhammad Ali Ismoil Isroil davlatiga qarshi koʻplab hujumlar uchun javobgardir”, — deyiladi armiya Telegram-kanalida.

Avvalroq Isroil harbiylari Livan poytaxti Bayrut chekkasida joylashgan Hizbullohning markaziy qarorgohiga zarba berilgani haqida xabar bergan edi. Yahudiy armiyasi matbuot kotibi Daniyel Hagariyning aytishicha, Hizbullohning qarorgohi Dahiya hududidagi "uy-joylar ostida ataylab qurilgan".

Bir qator Isroil OAVlari havo hujumi natijasida" Hizbulloh" yetakchisi Hasan Nasrullohning oʻldirilgani ehtimoli yuqori ekanligini xabar qilmoqda. Xususan, The Times of Israel gazetasi isroillik amaldorning soʻzlarini keltiradi: "U bunday zarbadan omon qolishini tasavvur qilish juda qiyin".

Biroq Reuters va AFP axborot agentliklari guruhdagi manbalarga tayanib, Nasrullohning tirikligi haqida xabar bermoqda.

Eronning Tasnim axborot agentligi ham guruh rahbari xavfsiz joyda ekanini daʼvo qilmoqda.

Livan Sogʻliqni saqlash vazirligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Isroilning 27 sentabr kuni uyushtirgan hujumi natijasida ikki kishi halok boʻlgan, yana 76 kishi jarohatlangan. Avvalroq Isroil agressiyasi oqibatida 558 kishi oʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid