platina.uz
Jahon

"Hizbulloh" yetakchisi Hasan Nasrulloh halok boʻlgani tasdiqlandi

U "Hizbulloh"ni 1992 yildan buyon boshqarib kelayotgandi. 

"Hizbulloh" yetakchisi Hasan Nasrulloh halok boʻlgani tasdiqlandi

Isroil qurolli kuchlari "Hizbulloh" yetakchisi Hasan Nasrullohning oʻlimi haqida eʼlon qildi.

Isroil bayonotida aytilishicha, bir kun avval Isroil harbiy-havo kuchlari jangarilari Bayrutning Dahiya tumanidagi turar-joy binosi ostida joylashgan Hizbullohning markaziy qarorgohiga zarba bergan. Zarba guruhning yuqori qoʻmondonligi shtab-kvartirada boʻlgan bir vaqtda berilgan.

Oradan biroz vaqt oʻtib, "Hizbulloh" Nasrullohning oʻlimini tasdiqladi.

Hasan Nasrulloh Eron bilan yaqin shaxsiy aloqalarga ega edi va "Hizbulloh"ni jiddiy siyosiy va harbiy kuchga aylantirishda muhim rol oʻynagan.

Hasan Nasrulloh 1960 yilda tugʻilgan va Bayrutning sharqiy qismidagi Burj Hammud mahallasida oʻsgan. U 1992 yilda Abbos Musavining oʻlimidan ssoʻng guruhni boshqarib kelayotgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid