Barchasi bolalar uchun: "Poytaxtbank" Card Kids kartalarini taqdim qildi
Bu orqali nafaqat eng yosh bank mijozlari uchun xavfsiz moliyaviy boshqaruv imkoniyatini yaratadigan mahsulot, balki bir qator eksklyuziv imtiyozlar ham tanishtirildi.
"Poytaxtbank" eng yosh mijozlariga ham innovatsion yechimlar joriy qilishda davom etmoqda. Card Kids kartasi moliyaviy taʼlim va yangi avlod uchun mablagʻlarni boshqarish koʻnikmalarini rivojlantirish yoʻlidagi navbatdagi qadamdir.
28 sentabr kuni "Toshkent Citi" planetariysida uzoq kutilgan yangi mahsulot – "Poytaxtbank"dan Card Kids bolalar bank kartasining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Mazkur loyiha nafaqat eng yosh bank mijozlari uchun xavfsiz moliyaviy boshqaruv imkoniyatini yaratadigan mahsulot, balki bir qator eksklyuziv imtiyozlarni ham taqdim etadi.
Card Kids kartasining asosiy afzalliklari:
- pul oʻtkazmalari: yosh kartalar egalari ota-onalar nazorati ostida pul oʻtkazmalarini amalga oshirib, moliyaviy boshqaruvga oʻrganadilar.
- bonus tizimi: "Poytaxtbank" bir qancha hamkorlar bilan eksklyuziv bonus dasturini ishlab chiqdi, bu esa kartadan foydalanishni nafaqat foydali, balki qiziqarli ham qiladi.
Hamkorlar qatorida mashhur bolalar loyihalari mavjud. Xususan, kitobsevarlar uchun maxsus takliflar, madaniy hordiq uchun maxsus chegirmalar va dasturlar, attratsionlarda qoʻshimcha bonuslar va chegirmalar, yosh dasturchilar uchun taʼlimiy imtiyozlar shular jumlasidan.
Yangi kartaning taqdimoti doirasida bolalar va ularning ota-onalari uchun interaktiv tadbirlar, bank tomonidan maxsus takliflar hamda moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan qiziqarli dasturlar oʻtkazildi.
Tadbir doirasida planetariyda bolalar uchun Yer sayyorasi bilan tanishtiruvchi qiziqarli film namoyish etildi.