Yer orbitasida "ikkinchi Oy" paydo boʻladi
Odatda bu kichik obʼektlar koʻz bilan koʻrinmaydi, lekin ilmiy kuzatuv va teleskoplar orqali oʻrganiladi.

Yerda vaqtincha "ikkinchi Oy" paydo boʻladi.
2024 yilning 29 sentabrida 2024 PT5 nomli asteroid Yerning gravitatsiya maydoni taʼsiriga tushadi va vaqtincha "oy" sifatida harakat qiladi.
NASA olimlari bu obʼektni minimoon deb atashmoqda, u taxminan 11 metr kenglikda boʻlib, Yerdan uzoq masofada aylanadi.
Ushbu "ikkinchi Oy" faqat qisqa muddat Yer orbitasida qolib, noyabr oyida yana Quyosh orbitasiga qaytadi. Odatda bu kabi kichik obʼektlar koʻz bilan koʻrinmaydi, lekin ilmiy kuzatuvchilar va teleskoplar orqali oʻrganiladi.
Bu turdagi kichik asteroidlar Yerning gravitatsiyasiga tushib, vaqtinchalik yoʻldoshga aylanib qolishi kutilmagan holat emas. 2006 yilda ham shunga oʻxshash mini-oy kuzatilgan edi.
Bunday obʼektlar oʻz hajmi va masofasidan kelib chiqib, odatiy koʻrinishdagi Oydan farq qiladi, shuning uchun ular faqat ilmiy tadqiqotlar va texnologiyalar yordamida aniqlanadi.
Shuningdek, bu hodisa asteroidlarning Yer orbitasiga taʼsiri va kosmik obʼektlar harakati haqida chuqurroq tushuncha beradi. Shu tariqa, astronomlar kelajakda bunday obʼektlarni oldindan bashorat qilish va oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladilar.