Kamola Mahmudova vafot etdi
U YeTTBning Ozarbayjondagi vakolatxonasini boshqargan va Oʻzbekistonda koʻplab ijtimoiy loyihalarni amalga oshirgandi.

YeTTBning Ozarbayjondagi vakolatxonasini boshqargan va Oʻzbekistonda koʻplab ijtimoiy loyihalarni amalga oshirgan Kamola Mahmudova Londonda vafot etdi.
Maʼlumotlarga koʻra, u uzoq vaqt davomida ogʻir xastalik bilan kurashib kelgan.
Mahmudova 2020 yilda Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlagandi. U koʻplab xayriya loyihalari, jumladan, Khan Academy taʼlim platformasini oʻzbek tilida ishlab chiqishga koʻmaklashish, saraton kasalligiga chalingan bolalarga yordam berish loyihalari bilan eʼtiborga tushgandi.
Kamola Maxmudovaning dafn marosimi 27 sentabr kuni Londonda boʻlib oʻtadi.