platina.uz

Gaz zaxirasi boʻyicha yetakchi mamlakatlar nomi eʼlon qilindi

Oʻzbekiston ham mazkur roʻyxatda yuqori oʻrinlarni egallashga muvaffaq boʻlgan.

Iqtisod
26-sentabr 2024 yil
Gaz zaxirasi boʻyicha yetakchi mamlakatlar nomi eʼlon qilindi

Dunyoda tabiiy gaz zaxirasi boʻyicha yetakchi boʻlgan davlatlar reytingi eʼlon qilindi. Unga koʻra, Rossiya dunyoda eng koʻp gaz zaxirasiga ega davlat boʻlib qolmoqda.

Rossiyada OPEK maʼlumotiga koʻra, 50 trln metr kubga yaqin gaz zaxirasi mavjud. British Petrolium esa qariyb 40 trln kub metr miqdorida baholagan. Hozircha Rossiya aniqlangan gaz zaxirasi qiymati 17 trln dollardan oshadi.

Eron ikkinchi gaz zaxirasiga ega mamlakat boʻlib qolmoqda. Ushbu mamlakatga 12,5 trln dollarga arziydigan 33 trln metr kublik zaxira mavjud.

AQSh, Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston kabi mamlakatlar ham kuchli oʻnlikdan joy egallashgan.

Oʻzbekiston ham mazkur roʻyxatda yuqori oʻrinlarni egallashga muvaffaq boʻlgan. Mamlakatning gaz zaxiralari 1,8 trln metr kubni tashkil etadi, uning qiymati 666 mlrd dollar miqdorida baholanadi. OPEK roʻyxatida Oʻzbekiston 22-pogʻonani egallagan.

Gaz qazib oluvchi davlatlar ichida esa AQSh birinchi oʻrinda turadi. Qazib olinayotgan gazning 24 foizdan oshigʻi Qoʻshma Shtatlarga toʻgʻri keladi. Ikkinchi pogʻonani esa Rossiya egallagan - 16 foiz.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+