platina.uz
Siyosat

"Andishaning otini qoʻrqoq qoʻyishyaptimi?" — Minhojiddin Mirzo

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Rossiya TIV vakilidan uzr soʻrashni talab qildi. 

"Andishaning otini qoʻrqoq qoʻyishyaptimi?" — Minhojiddin Mirzo

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarovaga javob qaytardi.

"Rossiya tashqi Ishlar vazirligi vakili Zaxarova Toshkent maktablaridan biridagi voqea boʻyicha tushuntirish soʻrabdi.

Bu hayot, gohida tushunmovchiliklar oqibatida ayrim shaxslar oʻrtasida kelishmovchiliklar boʻlishi mumkin. Qonun bor, tartib-intizom bor. Kerakli choralar albatta koʻriladi. Oʻzbekiston oʻzining muammolarini oʻzi hal qiladi. Aybdor jazosini oladi. Bu alohida masala.

Meni hayron qoldirgani, maktab Oʻzbekistonda, oʻqituvchi ham, oʻquvchi ham Oʻzbekiston fuqarosi. Nega mustaqil bir davlatda boʻlgan bir holat uchun Moskvaga tushuntirish berilishi kerak?!

Nima, ular haligacha Oʻzbekistonni ham oʻzining guberniyasi deb hisoblamoqdami yo andishaning otini qoʻrqoq deb oʻylashyaptimi? Bir necha rasmiy, norasmiy shaxslari suverenitetimizni shubhaga oldi, tariximizni kamsitdi, vazmin munosabat bildirdik. Migrantlarni bilgan koʻyiga solyapti. Indamagan sayin borgan sari haddidan oshishyapti" deya yozadi Minhojiddin Mirzo.

Mulozim munosabati yakunida Zaxarova uzr soʻrashni va Rossiya TIVda mazkur harakati uchun tushuntirish talab qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avval Qonunchilik palatasi spikeri Alisher Qodirov ham Rossiyani "oʻz muammolari bilan shugʻullanishga" chaqirgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid