Shayxontohur tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bobir Abubakirov shu kungacha Markaziy bank raisi oʻrinbosari boʻlib ishlayotgandi.

Abubakirov Bobir Yuldashovich Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi. Oldingi hokim Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri boʻlib ketgandi.
Bobir Abubakirov 1983 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2004 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2015 yilda Yaponiya xalqaro universitetini tamomlagan.
2019 yildan beri Markaziy bank raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Tumanning oldingi hokimi Botir Zohidov ham Markaziy bank raisi oʻrinbosari sifatida ishlagan.