platina.uz

Mirzo Ulugʻbek tumaniga hokim tayinlandi

Bahodir Gaibnazarov avval Olmazor va Shayxontohur tumanlarini ham boshqargan.

Jamiyat
25-sentabr 2024 yil
Mirzo Ulugʻbek tumaniga hokim tayinlandi

Gaibnazarov Bahodir Rixsialiyevich Mirzo Ulugʻbek tumanining hokimi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Bahodir Gaibnazarov 1970 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1997 yilda Toshkent davlat agrar universitetini iqtisodchi-tashkilotchi, 2005 yilda Oʻzbekiston Milliy universitetini huquqshunos mutaxassisliklari bilan tamomlagan.

2021 yildan shu kunga qadar Toshkent shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Gaibnazarov avval Olmazor va Shayxontohur tumanlarini ham boshqargan. Jumladan u 2017-208 yillarda Shayxontohur tumanini boshqargan va prezident tanqidi sabab ishdan ketgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+