platina.uz
Jamiyat

Mazutdan yoqilgʻi sifatida foydalanish taqiqlanadi

2030 yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish maqsadida mazutdan foydalanish taqiqlanadi. 

Mazutdan yoqilgʻi sifatida foydalanish taqiqlanadi

Yoqilgʻi sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.

“Chang boʻronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-338-son, 24.09.2024 y.) qabul qilindi.

Markaziy Osiyo davlatlari bilan muhokama qilgan holda Yashil Markaziy Osiyo fondi va Markaziy Osiyo iqlim masalalari markazini tashkil etishning konseptual asoslari ishlab chiqiladi.

2030 yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilgʻi sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.

Toshkent shahriga tutash tumanlardagi 1,2 mingdan ortiq issiqxonalarda foydalanilayotgan koʻmir yoqilgʻisining atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida chang-gaz tozalash uskunalari oʻrnatiladi hamda bunday uskunalarni oʻrnatish uchun issiqxona xoʻjaliklariga subsidiya ajratish mexanizmi joriy qilinadi.

2025–2030 yillarda Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlaridagi jami 441 gektar yer maydonlarida “yashil belbogʻ” va “yashil bogʻlar” tashkil qilinadi.

2028 yildan “Yevro – 4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilgʻisidan foydalanish va sotish bosqichma-bosqich cheklanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid