platina.uz
Jamiyat

Malaka oshirish kengashiga bosh vazir raislik qiladi

Prezidentga koʻrsatilgan taqdimotda milliy malaka tizimini isloh qilish masalalari koʻrib chiqildi.

Malaka oshirish kengashiga bosh vazir raislik qiladi

Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi. Uning tarkibida 24 ta yangi tarmoq kengashlari tuziladi.

Shavkat Mirziyoyev 24 sentabr kuni kasbiy taʼlimni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

"Soʻnggi yillarda bu borada muayyan ishlar qilindi. Lekin vazifalar undan-da koʻp. Mingdan ziyod ishchi kasblarning standartlari ishlab chiqilmagan. Ayrim kasblar boʻyicha kvalifikatsiyalar xalqaro talablarga mos kelmaydi", deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, Taʼlim sohasidagi loyihalar ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Institut rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Milliy malaka ramkasini yangi tahrirda qabul qiladi. Lavozim va kasblar klassifikatori qayta koʻrib chiqiladi, 100 ga yaqin zamonaviy kasblar kiritilib, hozir amaliyotda boʻlmaganlari chiqarib tashlanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid