Londonda “Ipak yoʻllari” koʻrgazmasi ochildi
Marosimda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva qatnashdi.

Londondagi Britaniya muzeyida “Ipak yoʻllari” koʻrgazmasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimda Oʻzbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham qatnashib, nutq soʻzladi.
"Koʻrgazmada Oʻzbekiston muzeylaridan toʻplangan, boy tarixiy va madaniy merosimizni aks ettiruvchi nodir, qimmatli osori atiqalar namoyish qilinadi.
Ishonchim komilki, ushbu loyiha Ipak yoʻli tarixi va madaniyatiga qiziquvchilarga ilhom bagʻishlaydi, xalqlar oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, rivojlantirish yoʻlidagi umumiy saʼy-harakatlarimizni ifoda etadi", deb yozdi Saida Mirziyoyeva.