Akbarali Ishmurzoyev Shoʻrchi tumani hokimi etib tayinlandi
Avvalgi hokim Ulugʻbek Zokirov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Akbarali Ishmurzoyev Shoʻrchi tumani hokimi etib tayinlandi. Shoʻrchida ham Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.
Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etdi. Viloyat rahbari shu vaqtga qadar tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Ulugʻbek Zokirov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilganligini bildirib, Ishmurzoyev Akbarali Abdujabborovich nomzodini Shoʻrchi tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Akbarali Ishmurzoyev 1982 yilda Denov tumanida tugʻilgan. 2003- va 2009 yilda Termiz davlat universtetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – transport vositalaridan foydalanish, moliya.
Faoliyati davomida ijro hokimiyati organlarida turli lavozimlarda, xususan, Uzun va Angor tumani hokimining oʻrinbosari vazifasida mehnat qilgan. Tayinlovga qadar A.Ishmurzoyev 2023 yildan buyon Denov tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Avvalroq Surxondaryoning Muzrabot tumanida ham hokim oʻzgargandi.