platina.uz
Siyosat

Tolibon elchisi Toshkentga yetib keldi

Abdul Gʻaffor Bahar 23 sentabr kuni Toshkentga kelib bir necha diplomatlar bilan tanishuv uchrashuvlarini oʻtkazgan. 

Tolibon elchisi Toshkentga yetib keldi

Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi oʻzi tayinlangan vakili Oʻzbekistonda oʻz vazifasini rasman boshlaganini eʼlon qildi.

Vazirlik oʻz bayonotida Tolibonning Oʻzbekistondagi elchisi Abdul Gʻaffor Bahar dushanba kuni Toshkentga kelganini va bir necha diplomatlar bilan tanishuv uchrashuvlarini oʻtkazganini tasdiqladi.

Oʻzbekiston soʻnggi uch yil davomida Tolibon bilan yaqin munosabatlarni saqlab kelgan boʻlsada, mintaqadagi boshqa davlatlarning pozitsiyasiga mos ravishda uni rasman tan olmagan.

Rossiya, Xitoy, Eron va Oʻzbekiston kabi davlatlar Tolibon bilan diplomatik aloqada boʻlgan, ammo hech biri uning hukmronligini rasman tan olmagan.

Tolibon tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi oʻrinbosari Ziyo Ahmad Takalning taʼkidlashicha, Baharning tashrifi uning Toshkentdagi rasmiy vazifalarini

Garchi Afgʻonistonda hokimiyatga qoʻlga olganiga 3 yildan oshganiga qaramay biror davlat Tolibonni rasman tan olganicha yoʻq.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid