platina.uz
Jahon

Qirgʻizistonda amaldorlarga avtobusda yurishga koʻrsatma berildi

Prezident maʼmuriyati Bishkek meriyasining xizmatchilarning shaxsiy avtomobillardan foydalanishini cheklash boʻyicha tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan. 

Qirgʻizistonda amaldorlarga avtobusda yurishga koʻrsatma berildi

Qirgʻizistonda amaldorlarga ishga avtobusda borishga koʻrsatma berildi.

Prezident maʼmuriyati Bishkek meriyasining munitsipal xizmatchilarning shaxsiy avtomobillardan foydalanishini cheklash boʻyicha tashabbusini qoʻllab-quvvatladi, deb yozadi 24.kg nashri.

Koʻrsatma vazirlik va idoralarga yuborilgan – xodimlarga seshanba va payshanba kunlari jamoat transportidan foydalanish tavsiya etiladi.

“Bu tashabbus shahardagi transport holatini yaxshilash, jamoat transportiga boʻlgan talabni oshirish va yoʻllardagi tirbandlikni kamaytirishga qaratilgan" deyiladi rasmiy izohda.

Shahar hokimiyati ushbu qoidani 2024 yil may oyida oʻz xodimlari uchun joriy qilgan va allaqachon cheklovga rioya qilmagan xodimlarni jazolamoqda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid