platina.uz
Jahon

Isroilning Livanga zarbalari oqibatida deyarli 500 kishi halok boʻldi

Qurbonlar orasida 35 nafar bola, 58 nafar ayol va ikki nafar tibbiyot xodimi bor. 

Isroilning Livanga zarbalari oqibatida deyarli 500 kishi halok boʻldi

Isroilning Livan janubi va sharqida uyushtirgan hujumlari natijasida kamida 492 kishi halok boʻldi, kamida 1645 kishi yaralandi. Bu haqda Al Jazeera telekanali mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga asoslanib xabar berdi.

"Shu bilan birga, halok boʻlganlar orasida 35 nafar bola, 58 nafar ayol va ikki nafar tibbiyot xodimi bor”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq 356 kishi halok boʻlgani va 1246 kishi jarohat olgani maʼlum boʻlgan.

Isroil 23 sentabr kuni ertalab Livandagi "Hizbulloh"shia guruhining nishonlariga "katta zarbalar" berdi. Shu kuni Isroil u yerda harbiy amaliyot boshladi. Isroil Bosh shtab rahbari general-leytenant Gerzi Halevi "Hizbulloh" infratuzilmasini nishon sifatida atagan.

"Biz maqsadlarga erishmoqdamiz va keyingi qadamlarga tayyorlanyapmiz", dedi u. Isroilda favqulodda holat eʼlon qilindi. Keyinroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Livan xalqiga murojaat qildi. U "Hizbulloh" inshootlari yaqinida yashovchi aholini bu yerlarni tark etishga chaqirdi. U Isroil livanliklarga qarshi emas, balki guruhga qarshi kurashayotganini taʼkidlab, aholining kelajakda oʻz uylariga qaytishi mumkinligiga ishontirdi.

Eslatib oʻtamiz, Livanda 1975-1990 yillardagi fuqarolik urushidan beri bunchalik qurbonlar boʻlmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid