platina.uz
Iqtisod

2024-2025 yillarda 1,5 mln kishi kambagʻallikdan chiqarilishi belgilandi

Bu barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi. 

2024-2025 yillarda 1,5 mln kishi kambagʻallikdan chiqarilishi belgilandi

2024-2025 yillarda 1,5 million kishi kambagʻallikdan chiqarilishi belgilandi.

“Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-143-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2024 yilning qolgan davrida 500 ming, 2025 yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.

Kambagʻallikni qisqartirish sohasida erishilgan ijobiy natijalar va toʻplangan milliy tajriba hamda ilgʻor xalqaro amaliyot asosida har bir fuqaroni oʻzi va farzandlari kelajagi uchun masʼuliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi hamda dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.

Dastur 2024 yil 1 noyabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambagʻal oilalar uchun yettita imkoniyat va masʼuliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi:

-barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;

-taʼlim olish va kasb-hunar oʻrganish;

-kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;

-ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;

-yashash sharoitlarini yaxshilash;

-davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;

-davlat organlari xodimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish.

2024 yil 1 dekabrdan “mahalla yettiligi” tomonidan kambagʻal oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambagʻallikka tushish sabablarini oʻrganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambagʻal oilalar reyestri shakllantiriladi.

2025 yil 1 yanvardan:

-kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam olayotgan oilalarning rasmiy band boʻlmagan aʼzolari ishga joylashganda, oʻzini oʻzi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyganda ushbu nafaqa va moddiy yordamni ularning muddati tugagunga qadar, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻlash davom ettiriladi;

-mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlangan holda ishga joylashgan Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oila aʼzosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada toʻlanadi;

- kambagʻal oilalarga koʻmak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila aʼzolarining bandligini taʼminlash, oʻz tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila aʼzolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrganishi hamda sogʻligʻini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda koʻrsatiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid