platina.uz
Jamiyat

Uy-joy sotib olish boʻyicha yangi tizim joriy etiladi

Bunda developerlar oʻzlari qurayotgan uylar sotuvini tashkil qilish boʻyicha banklar bilan shartnoma tuzadi,  uylarni olmoqchi boʻlgan odamlar pulini quruvchiga emas, toʻgʻridan-toʻgʻri bankka topshiradi.

Uy-joy sotib olish boʻyicha yangi tizim joriy etiladi

Prezident oʻtkazayotgan yigʻilishda aytilishicha, uy-joy sotib olish boʻyicha yangi tizim joriy etiladi.

Uy-joy qurib berishni vaʼda qilgan quruvchi va bunga pul tikkan aholi oʻrtasida nizolar koʻpayib borayotgani qayd etildi. Bunday noinsof quruvchilarga aldanib, odamlar ham uysiz, ham pulsiz qolmoqda.

Shu bois Prezident topshirigʻiga asosan qurilish vaziri boshchiligidagi ishchi guruhi xorijiy tajribani oʻrgandi.

Endilikda uy-joy sotib olish boʻyicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi.

Bunda developerlar oʻzlari qurayotgan uylar sotuvini tashkil qilish boʻyicha banklar bilan shartnoma tuzadi, bu uylarni olmoqchi boʻlgan odamlar pulini quruvchiga emas, toʻgʻridan-toʻgʻri bankka topshiradi.

Banklar esa yigʻilgan pulni quruvchiga resurs sifatida beradi. Shunda banklar quruvchi va xaridor oʻrtasida koʻprik boʻlib, uy-joyni oʻz vaqtida va sifatli qurib, egasiga topshirishga kafil boʻladi.

Yangi tizim Samarqand shahri, Yangihayot va Sergeli tumanlarida bir yil davomida tajribadan oʻtkazilishi belgilandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid