Tramp saylovda yutqazsa, prezidentlikka boshqa nomzodini qoʻymasligini aytdi
Agar u saylovni yutgan taqdirda ham 2028 yilda nomzodini qoʻya olmaydi.

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp toʻrt kun ichida ikkinchi bor saylovda magʻlub boʻlish ehtimolini ochiq tan oldi.
U joriy yil noyabrdagi saylovlarda magʻlub boʻlsa, yana prezidentlikka nomzodini qoʻymasligini aytdi.
Full Measure koʻrsatuvi boshlovchisi undan intervyuda noyabr oyida Kamala Xarrisga yutqazib qoʻysa, 2028 yilda prezidentlik uchun yana bir bor ishtirok etishini soʻradi.
"Yoʻq. Menimcha, hammasi shunday boʻladi”, dedi 78 yoshli Tramp, lekin qoʻshimcha qildi: " Umid qilamanki, biz juda yaxshi ishlaymiz".
Qoʻshma Shtatlarda qonunga koʻra, bir kishi ikki muddatdan ortiq prezident boʻlishi mumkin emas, shuning uchun Tramp gʻalaba qozonsa, 2028 yilda yana oʻz nomzodini qoʻya olmaydi.
Ilgari Tramp saylovlarda magʻlub boʻlish ehtimoli haqida kamdan-kam gapirar edi – u deyarli har doim oʻz tarafdorlari oldidagi chiqishlarida va ijtimoiy tarmoqlardagi postlarida yaqinlashib kelayotgan gʻalabasini ishonch bilan eʼlon qilgan.
Ammo soʻnggi toʻrt kun ichida u ikki marta magʻlub boʻlish ehtimolini tan olgan.
Eslatib oʻtamiz, koʻplab soʻrovnomalarda u Kamala Xarrisdan ortda qolmoqda.