platina.uz
Jahon

Telegram qoidalarini buzganlarning maʼlumotlari rasmiy organlarga berilishi mumkin

Durov messenjerning qidiruv funksiyasidan ayrim shaxslar noqonuniy tovarlarni sotish uchun foydalanayotganini aytgan. 

Telegram qoidalarini buzganlarning maʼlumotlari rasmiy organlarga berilishi mumkin

Telegram qoidalarini buzgan foydalanuvchilarning IP-manzillari va telefon raqamlari asosli soʻrovlarga javoban rasmiy organlarga oʻtkazilishi mumkin. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov oʻzining kanalida yozdi.

Durov avgust oyida Fransiyada hibsga olingan, mamlakatdan chiqib ketish taqiqlangan.

Fransiya ommaviy axborot vositalarining taʼkidlashicha, Telegram Durov hibsga olinganidan keyin Fransiyadagi tergovchilarning soʻrovlariga javob bera boshlagan.

Durov yozganidek, messenjer oʻzining xizmat koʻrsatish shartlari va maxfiylik siyosatini yangilab, "butun dunyo boʻylab ularning bir xilligini taʼminladi".

" Biz qoidalarimizni buzganlarning IP manzillari va telefon raqamlari qonuniy talablarga javoban tegishli organlarga oshkor etilishi mumkinligini aniq aytdik", dedi Durov.

U Telegramning qidiruv funksiyasidan ayrim shaxslar xizmat koʻrsatish shartlarini buzgan holda noqonuniy tovarlarni sotish uchun foydalanayotganini tan oldi. Durovning taʼkidlashicha, soʻnggi bir necha hafta ichida mmaxsus moderatorlar jamoasi" Telegramda qidiruvni xavfsizroq qilib qoʻygan.

"Bu chora-tadbirlar jinoyatlarning oldini olishi kerak. Telegramda qidiruv noqonuniy mahsulotlarni targʻib qilish uchun emas, balki doʻstlar va yangiliklarni topish uchun moʻljallangan. Biz tajovuzkorlarga deyarli bir milliard foydalanuvchi uchun platformamizning yaxlitligini xavf ostiga qoʻyishiga yoʻl qoʻymaymiz", — deya xulosa qildi Telegram asoschisi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid